Muzokaralar davomida Oʻzbekiston oʻz oldiga 2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asosida ishlab chiqarish hajmlarini 25 foizga yetkazish vazifasini qoʻygani haqida maʼlumot berildi. Shundan 5 GVt quyosh energiyasi, 3 GVt shamol va 2 GVt gidroenergetikani tashkil qiladi. Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari eng ilgʻor xalqaro tajribadan foydalangan holda amalga oshirilayotgani qayd etildi.
A.Sultanov Oʻzbekiston Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini saqlash qurilmalaridan foydalanish yoʻnalishida Yevropa mamlakatlarining tarmoqlarni tartibga solish sohasidagi tajribasi bilan qiziqishini taʼkidladi. Shu munosabat bilan, bu yoʻnalishda kelgusida britaniyalik mutaxassislar ishtirokida seminarlar tashkil etish muhokama qilindi.
Oʻz navbatida, xorij tomoni tarmoqlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan sohani rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi elektr tarmoqlarini tiklash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni qoʻllab-quvvatladi.
A.Sultanov Oʻzbekiston Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini saqlash qurilmalaridan foydalanish yoʻnalishida Yevropa mamlakatlarining tarmoqlarni tartibga solish sohasidagi tajribasi bilan qiziqishini taʼkidladi. Shu munosabat bilan, bu yoʻnalishda kelgusida britaniyalik mutaxassislar ishtirokida seminarlar tashkil etish muhokama qilindi.
Oʻz navbatida, xorij tomoni tarmoqlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan sohani rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi elektr tarmoqlarini tiklash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni qoʻllab-quvvatladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.