Taʼkidlanishicha, Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yilning 9 oyida byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamomad va oʻzlashtirishlar 83,7 mlrd.soʻmni, byudjet mablagʻlaridan asossiz va ortiqcha toʻlovlar 457,7 mlrd.soʻmni va maqsadsiz xarajatlar 187,3 mlrd.soʻmni tashkil etadi. Hisobot davrida 365 mlrd.soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflanishini oldi olindi.
Joriy yilning hisobot davrida aniqlangan pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning kamomadi hamda noqonuniy oʻzlashtirish holatlari (83,7 mlrd.soʻm) 2020-yilning 9 oyiga (28 mlrd.soʻm) nisbatan 3-martaga oshgan. Ushbu holatlarning asosiy qismi quyidagi vazirlik va qoʻmitalar tizimida aniqlangan, jumladan:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida - 23,3 mlrd.soʻm (2020-yil
9 oyda 13 mln.soʻm);
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida - 17,2 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 3,9 mlrd.soʻm);
Xalq taʼlimi vazirligi tizimida - 14,4 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 15,4 mlrd.soʻm);
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida - 5,7 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 3,8 mlrd.soʻm);
Madaniyat vazirligi tizimida - 2,7 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 1 mlrd.soʻm);
Turizm va sport vazirligi tizimida - 1,7 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 0,4 mlrd.soʻm);
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimida - 4,2 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 2 mln.soʻm)
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida - 2,2 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 0,4 mlrd.soʻm);
Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 2,5 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 1 mlrd.soʻm).
Vazirlik va idoralar boʻyicha pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning kamomadi hamda noqonuniy oʻzlashtirish holatlari dinamikasi:
Shuningdek, oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni asossiz ortiqcha toʻlanishi, qurilish taʼmirlash ishlarida narxlarni oshirib qoʻllanilishi va bajarilmagan ish hajmlarini qoʻshib yozish, tovar moddiy qiymatliklarni qimmat narxda xarid qilish kabi
457,7 mlrd.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu holatlar
2020-yilning 9 oyi (101,4 mlrd.soʻm)ga nisbatan 4,5-martaga oshgan.
Ushbu holatlar asosan quyidagi vazirlik va qoʻmitalar tizimida aniqlangan:
Xalq taʼlimi vazirligi tizimida - 61,1 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 25,4 mlrd.soʻm);
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida - 61,1 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 6,9 mlrd.soʻm);
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida - 39,1 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 17,7 mlrd.soʻm);
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida – 27,3 mlrd.soʻm
(2020-yil 9 oyda 6,3 mlrd.soʻm);
Madaniyat vazirligi tizimida - 18,4 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 2 mlrd.soʻm);
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida - 10,7 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 3,6 mlrd.soʻm);
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida - 7,4 mlrd.soʻm (2020-yil
9 oyda 0,8 mlrd.soʻm);
Turizm va sport vazirligi tizimida - 7,3 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 1,8 mlrd.soʻm);
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida - 7,1 mlrd.soʻm
(2020-yil 9 oyda 0,4 mlrd.soʻm);
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimida - 80,9 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 1,4 mlrd.soʻm);
Hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida - 92,4 mlrd.soʻm (2020-yil 9 oyda 5,6 mlrd.soʻm);
Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 5,6 mlrd.soʻm
(2020-yil 9 oyda 3,5 mlrd.soʻm).
Vazirlik va idoralar boʻyicha ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni asossiz ortiqcha toʻlanishi, qurilish taʼmirlash ishlarida narxlarni oshirib qoʻllanilishi va bajarilmagan ish hajmlarini qoʻshib yozish, tovar moddiy qiymatliklarni qimmat narxda xarid qilish kabi moliyaviy xato va kamchiliklar dinamikasi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 103-sonli “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2020-yil 19-fevraldagi 98-sonli va 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora - tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarorlari asosida Davlat byudjetidan 2019-2021-yillarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun cubsidiyalar ajratilishining qonuniyligi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 169,1 mlrd.soʻm qonun hujjatlari talablariga zid ravishda sarflangan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-kuvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-sonli qaroriga asosan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan chorvachilik sohasiga ajratilgan 7,9 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari belgilangan tartibga zid ravishda sarflanganligi aniqlandi.
Hisobot davrida aniqlangan moliyaviy xato-kamchiliklar summasining 510,8 mlrd.soʻmini byudjetga tiklanishi taʼminlandi.
Shu bilan birga, nazorat tadbirlari davomida byudjet muassasalarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga ortiqcha rejalashtirilgan mablagʻlarni qisqartirish va boshqa noqonuniy xarajatlarning toʻxtatilishi hisobiga jami 365 mlrd.soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlarini asossiz sarflanishini oldi olindi.
Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning 15 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilib, koʻrib chiqish uchun maʼmuriy sudlarga yuborildi.
Shuningdek, 3 847 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 724,1 mlrd.soʻmlik qonunbuzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.