Uchrashuvda Oʻzbekistonning “Zarafshon daryosi havzasida iqlimga chidamli integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish“ (CR – IWRM-ZRB ) loyihasi doirasida institut bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar va erishilgan dastlabki natijalar toʻgʻrisida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, tomonlarning kelishuvga binoan institut loyihaning rasmiy hamkori boʻlib, Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegaralaridan oqib oʻtadigan suv havzlari boʻyida suvdan foydalanish, yer osti va yer usti suvlarining holati, iqlim oʻzgarishining taʼsirlarini oʻrganish, maʼlumotlar toʻplash, tahlil qilishi mumkin.

Uchrashuv yakunida loyihaning keyingi bosqichida birgalikda olib boriladigan ishlar va vazifalar yuzasidan 2027-yilgacha hamkorlik shartnomasi imzolandi.