Tadbirda qayt etilishicha, chet tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatiga ega shaxslarga quyidagi imtiyozlar berilmoqda:
a) kamida V2 darajadagi sertifikatga ega shaxslarga oliygohlarga kirish imtihonlarida chet tili boʻyicha maksimal ball beriladi;
b) chet tili fani oʻqituvchilariga ularning malaka sertifikati S1 darajasiga 50 foiz miqdorida har oylik ustama toʻlanmoqda;
v) kamida S1 darajadagi sertifikatga ega chet tili fani oʻqituvchilari navbatdagi attestatsiyadan ozod etiladi;
g) malaka sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralari xodimlariga 20 foizgacha miqdorda qoʻshimcha har oylik ustama toʻlaniladi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari har oyda barcha hududlarda oʻtkazilib, toʻlovi 364 500 ming. (1-martdan oldingi narxi 405 ming soʻm edi, bu narx xalqaro imtihonlardan 5 baravar arzon).
Bu oʻz navbatda, chet tilini bilish boʻyicha milliy test tizimiga boʻlgan talabni yildan yilga oshib borishiga sabab boʻlmoqda. Misol uchun, 2020-yilda Davlat test markaziga imtihon topshirish istagida 1,4 ming nafar talabgor murojaat qilgan boʻlsa, 2021-yilda ularning soni qariyb 8 ming nafarga yetgan.
Shunga koʻra, Davlat test markazi tomonidan chet tili boʻyicha malaka sertifikatini berishga oid davlat xizmatlarini soddalashtirish, ularni koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16 fevaraldaqarori qabul qilindi.
Ushbu qarorna muvofiq, 2022-yil 1-martdan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagi tartib joriy etildi:
a) talabgor test sinovlarida qatnashish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Bunda, Davlat test markazi tomonidan talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish jarayoni toʻliq avtomatlashtirildi.
b) ariza berishda talabgordan 3,5 x 4,5 sm oʻlchamli fotosuratni hamda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish amaliyoti bekor qilindi.
v) imtihon oʻtkaziladigan kunlarni oldindan belgilandi hamda talabgorga oldindan imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi berildi.
g) test sinovlari jarayonida baholanadigan koʻnikmalar soni bittaga qisqartirildi, jumladan talabgorlarning “leksika va grammatika” koʻnikmasini alohida baholash tartibi bekor qilindi.
Xalqaro imtihon tizimlarida (IELTS, TOEFL, Cambridge Assessment) koʻnikmalarni baholashda “leksika va grammatika” koʻnikmalar alohida baholanmaydi. “Leksika va grammatika” koʻnikmasi “yozish” va “gapirish” koʻnikmalariga singdirilgan holda baholanadi.
d) test sinovlari natijalarini eʼlon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartirildi.
ye) malaka sertifikati QR-kod qoʻygan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida talabgorga yuborilishi yoʻlga qoʻyildi.
Avvalgi tartibga muvofiq malaka sertifikati qatʼiy hisobot yuritiladigan blanklarda test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 1 hafta muddatda shaxsan talabgorga berilar edi.