Endilikda xaridorlarga avtomat uzatmali Chevrolet Cobalt avtomobilini quyma disk oʻrniga poʻlat disk bilan sotib olish imkoniyati beriladi. Shuningdek, “Optima” komplektatsiyasi orqa qoraytirilgan oyna, kuchaytirilgan dvigatel va himoya karterini oʻz ichiga oladi.
Poʻlat disklar notekis yoʻllarda avtomobilning yumshoq va muammosiz harakatlanishini taʼminlaydi. Shuningdek, notekis yoʻllarda shikastlanishdan himoyalash, qulay xizmat koʻrsatish va maʼlum bir sharoitlarda yoqilgʻi tejamkorligi bilan ahamiyatlidir.
Yangi modifikatsiyadagi avtomobil may oyidan boshlab rasmiy dillerlik markazlarida optimallashtirilgan narxda sotuvga chiqariladi, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.