Bu haqda UzAuto Motors maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Chevrolet Cobalt avtomobili xaridi uchun avvalgi kontraktatsiya natijalariga koʻra, toʻlovi oʻz vaqtida amalga oshirilmagan, shu jumladan bekor qilingan hajmlar boʻyicha shartnomalarga shu yilning 5-iyul kuni soat 10:00 da navbatdagi kontraktatsiya ochiladi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Telegram-bot hamda UzAvtoSavdo ilovasida navbatlar va mavjud avtomobillar haqida maʼlumotlar berib boriladi.
Eslatib oʻtamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi.