Maʼlum qilinishicha, Jamiyatning marketologlari ichki va tashqi bozorlarda isteʼmolchilarning talablarini oʻrganishgan va avtomobilni personalizatsiyalash imkoniyatlariga boʻlgan qiziqish borligini aniqlagan.
«Avtomobil ixlosmandlari oʻz avtomobillarini umumiy oqimda ajralib turishini xohlaydi. Ular avtomobilning kuzovi rangi, salon bezaklari, disklar va boshqa dekorativ elementlarni tanlashda oʻz tasavvurlariga suyanadi.
“UzAuto Motors” AJ isteʼmolchilarning xohish-istaklarini inobatga olib, tashqi koʻrinishi yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga qaror qildi. Chevrolet Cobalt Midnight konsepsiyasi birinchi bosqichda avtomobilni qoramtir tusdagi yoritish tizimi va gʻildirak disklar bilan jihozlashni oʻz ichiga oladi. Keyinchalik esa avtomobilning ichki dizaynini yangilash rejalashtirilmoqda,« deyiladi xabarda.
Shuningdek, Chevrolet Cobalt Midnight 106 ot kuchiga ega 1.5 litrli dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.
Yaxshilangan tashqi koʻrinishga ega avtomobil avvalgi Cobalt komplektatsiyasiga qoʻshimcha sifatida chiqariladi.