“UzAuto Motors” ushbu holat yuzasidan izoh berarkan, shu kabi vaziyatlar mavjudligini tan oladi.

Izohda kompaniya kuniga 250-300 dona Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqarishini taʼkidlaydi.

"Bu avtomobillarni yarimoʻtkazgich detalining yoʻqligi sababli oʻz egalariga topshirolmaymiz. Avtomobil tayyor, ammo birgina detalning yoʻqligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab boʻladi. Masalan – xavfsizlik yostiqchalari.

“UzAuto Motors” ushbu detalni olishi bilanoq uni avtomobillarga oʻrnatadi va xaridorga topshiradi. Bu tayyor, ammo sotib boʻlmaydigan avtomobillar zavoddagi tayyor mahsulot uchun ajratilgan joyni toʻldirib boʻlishdi.

Shu sabab “UzAuto Motors” “Oʻzdonmahsulot” bilan avtomobillarni korxona hududida vaqtincha saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzdi», deyiladi izohda.