Unda Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov boshchiligidagi soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida delegatsiya mas'ul vakillari tomonidan kompaniya faoliyati haqida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash orqali undan energiya olish va yirik biogaz stansiyalari, issiqxonalar rivojiga qaratilgan faoliyat yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir istiqbolli loyihalar yuzasidan so‘z yuritildi. Bunda avtomobil shinalarini yoqish orqali olinadigan energiya va uning sarfi, zavodning iste'moli kabi masalalar muhokama qilindi.
Jarayonda nufuzli kompaniya vakillari mamlakatimizda ekologiya, ayniqsa, chiqindilarni boshqarish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qator maqsadlari borligini ma'lum qildi.
Shuningdek, yurtimizda investorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar va soliq imtiyozlari haqida kompaniya vakillariga batafsil ma’lumotlar berildi.
Qolaversa, vazirlik kompaniya maqsadlariga xayrixoh ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, "nol chiqindi" tamoyili asosida barcha tuman va shaharlarda aholi o‘rtasida chiqindilarni saralash madaniyatini yuksaltirish barobarida uni qayta ishlash, chiqindi sarfini kamaytirish, iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagiga aylantirish pirovard maqsad ekanligini aytib o‘tilib, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi.