Tadbirkorlikni rivojlantirish - jamiyat taraqqiyoti va aholi turmush farovonligini oshirishning eng muhim omilidir. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni ish bilan ta’minlashda tadbirkorlik yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Chilonzor tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman bo‘yicha 1 ming 371 nafar yoshlar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan bo‘lib, shu paytgacha ulardan 124 nafari 48 soatlik boshlang‘ich tadbirkorlik ko‘nikmalari o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladi hamda 91 nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi, deb xabar beradi Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati.