Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “F-Ph.” MCHJ sobiq rahbari Z.Yu. (muqaddam sudlangan) “A.S.” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan 925,2 mln soʻmlik dori-darmon vositalarini notanish shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, mazkur mablagʻlarni MCHJ hisob raqamiga kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.