Fuqarolar bundan norozi boʻlib “Onlayn-mahalla” platformasi orqali murojaat yoʻllagan.

Adliya vazirligining xabar berishicha, murojaat Boysun tuman adliya boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.

Aniqlanishicha, chindan ham fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga Surxondaryo viloyat “Toza hudud” davlat muassasasi tomonidan abonent raqamlari shakllantirilib, ularning nomiga noreal qarzdorliklar hisoblangan.

Boysun tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga ochilgan abonent raqamlar oʻchirilishi hamda hisoblangan jami 5 000 000 soʻmdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilinishini yuzasidan taqdimnoma taʼsir chorasi ishlab chiqilib tegishli tashkilotga yuborildi.

Natijada fuqaro B. R va boshqalarning nomlariga ochilgan abonent raqamlari oʻchirildi va hisoblangan jami 5 000 000 soʻmdan ortiq noreal qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.