Chirchiqda talabalar ishli bo'lmoqda

    Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” istirohat bog'ida shahar hokimligi, sektor rahbarlari hamda aholi bandligiga ko'maklashish markazi tashabbusi bilan band bo'lmagan va mehnat migratsiyasidan qaytgan ishsiz fuqarolar va talaba-yoshlar uchun bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

    Yarmarkada Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan 51 ta korxona va tashkilotlar bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

    Tadbirda kelgan 180 ishsiz fuqarodan 35 nafariga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi, 8 ishsiz fuqaro esa kasb-hunar bo'yicha o'qitishga yo'naltirildi. SHuningdek, ishsiz fuqarolarga mehnat qonunchiligi va ishga joylashtirish masalalarida maslahatlar berildi.

    Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar uchun Chirchiq shahrida joylashgan “LUKBO TEXTILE” MCHJning o'zida bo'sh ish o'rinlari mavjudligi quvonarli yangilik bo'ldi.

    Mehnat yarmarkasida Chirchiq shahar hokimi, sektor rahbarlari, xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputatlari hamda shahardagi korxona tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

    Ilhom RAHMONOV