Mazkur film Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida bergan topshirigʻi asosida tasvirga olinmoqda. Hujjatli film “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Maʼlumot uchun, joriy yil adib tavalludiga 80 yil toʻldi.
Filmni ssenariy muallifi Shuhrat Rizayev, postanovkachi rejissyor Botir Abdurahmonov, operator Muzaffar Yusupov, rassom Bektosh Rajabov, liboslar boʻyicha rassom Zulfiya Qurbonboyeva, bosh maslahatchi Yulduz Hoshimova, kartina direktori Xurshid Alixoʻjayevlardan iborat ijodiy jamoa suratga olmoqda,deya xabar qiladi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.