“Chotqol” qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqonga boʻri va boshqa hayvonlar tushib qoldi

    “Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqonga boʻri, togʻ suvsari, yovvoyi choʻchqa hamda jayra muhrlandi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqonga boʻri, togʻ suvsari, yovvoyi choʻchqa hamda jayra muhrlandi.

    Maʼlumot uchun, qoʻriqxonada 1300 ga yaqin umurtqali hamda umurtqasiz hayvon turlari mavjud. Shundan umurtqalilar 165 turga, umurtqasizlar esa 1000 dan ortiq turga boʻlinadi. Umurtqalilar guruhini, asosan, 28 tur sut emizuvchilar, 7 tur sudralib yuruvchilar, 6 tur baliqlar va 124 tur qushlar tashkil etadi.