Surxon davlat qoʻriqxonasida huquqbuzarlarni fotoqopqon ushladi

    Voqea-hodisalar 21 Fevral 2025 819

    Huquqbuzarlar ushlanib, ularning har biri jarimaga tortildi.

    Ekologiya vazirligining xabar berishicha, vazirlik tasarrufidagi Surxon davlat qoʻriqxonasida oʻrnatilgan fotoqopqonga qoʻriqxona qoidalarini buzgan ikki nafar fuqaro tushib qolgan.

    Hozirda qoidabuzarlarning shaxsi aniqlanib, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va har bir fuqaroga nisbatan 3 million 750 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima belgilangan.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Yuqori Toʻpalang“ milliy tabiat bogʻi Tamshush hududida 3500–4000 metr balandlikda oʻrnatilgan fotoqopqonga ilk bor qor qoploni tushib qolgandi.