Vaziyatni oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiyoʻl tuman boʻlimi va viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari voqea joyiga yetib bordi, deyiladi viloyat ekologiya boshqarma xabarida.
Qayd etilishicha, inspektorlar oʻrganish davomida bu kabi holatga duch kelmagan.
Choyxona rahbari esa ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holatni tushuntirarkan, lavha ilgari mijozlar sonini koʻpaytish maqsadida olinganini, hozir bunga yoʻl qoʻyilmayotganini maʼlum qildi.
Inspektorlar tomonidan kelgusida huquqbuzarlik holati takrorlamaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, choyxona rahbariga nisbatan MJtKning 63-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 4.120.000 soʻm miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi.








