Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Said Matar Sulton as-Siri al-Kamzi bilan boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning BAAning qisqa vaqt ichida jahon mamlakatlari orasida namunaviy keskin oʻsishni namoyish etgan eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida shakllanishidagi ulkan hissalari qayd etildi.

Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon prezidentligi davrida Oʻzbekiston va BAA ikki tomonlama munosabatlari faollashgani hamda sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani alohida taʼkidlandi.

Oʻz navbatida, BAAning diplomatik vakolatxonasi rahbari hamdardlik soʻzlari uchun chuqur minnatdorlik hamda barcha sohalarda keng koʻlamli ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Elchixonaga tashrifi chogʻida S.Umurzakov maxsus taʼziya kitobida yozuv qoldirdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.