Ushbu tibbiy koʻrik Oʻzbekiston XDP tuman tashkiloti deputatlik guruhi tashabbusi bilan hududdagi aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirildi.
Terapevt, kardiolog, LOR, dermatolog, ginekolog, UZI, stomatolog, pediatr kabi mutaxassislar tomonidan 70 nafardan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 15 nafar fuqaroga bepul dori-darmon tarqatildi. Kasallik aniqlangan 2 kishiga statsionar, 10 nafariga ambulator sharoitda davolanishlari uchun tavsiya berildi.