баннер
17 Apr 2025
08:37

    Chusovitina Parij Olimpiadasida qatnashmoqchi

    Bu haqda uning oʻzi maʼlum qildi

    Afsonaviy sport gimnastikachimiz Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorgarlik koʻrishini maʼlum qildi. U sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, tayanib sakrash dasturida gʻalaba qozongandan soʻng Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati vakili bilan suhbatda:

    — ... Osiyo oʻyinlaridan soʻng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim! — dedi.

    Oksana Chusovitina 8 bor Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnesning rekordlari” kitobiga kirgan. Agar u Parijda oʻtadigan Olimpiadada ham ishtirok etsa, oʻz rekordini yangilaydi. Yana bir muhim tomoni, 2024-yilda u 49 yoshiga kiradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech