2019 - yildan buyon mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilib kelinayotgan ushbu marafonga Samarqand viloyati va G'uzor, Shahrisabz, Qarshi, Kasbi, Koson hamda Muborak tumanlaridan kelgan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan 3000 dan ortiq ko'ngilli fuqarolar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tumanning “Bo'ston" mahallasidan "Markaziy stadion"gacha bo'lgan 3 kilometr masofani bosib o'tishdi.
Finish chizig'iga birinchi bo'lib, etib kelgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlandi.
Shuningdek, "Eng yosh o'g'il va qiz bola ishtirokchi" va "Eng keksa erkak va ayol sportchi" nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar munosib taqdirlandi.