Maʼlum qilinishicha, «Sadriddin Ayniy» ko‘chasida 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi «Howo» rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda unga ulangan yarim tirkama texnik sabablarga ko‘ra ajralib ketgan.
Shundan so‘ng tirkama yo‘l chetida joylashgan xonadonga borib urilgan.
Hodisa oqibatida avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanib, aylanma yo‘llar orqali harakat tashkil etilgan. Hodisa natijasida fuqarolar sog‘ligʻiga zarar yetmagan.
Hozirda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan holat bartaraf etilgan va avtomobillar harakati to‘liq tiklangan.
Xonadonga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.