CMS ijrochi kotibi Samarqandga keldi

    Xalqaro hamkorlik 7 Fevral 2024 1090

    Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash boʻyicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yigʻilishi CMSCOP14 arafasida Oʻzbekistonga yuqori darajadagi xorijiy delegatsiyalarning kelishi davom etyapti.

    CMS ijrochi kotibi Emi Frenkel 12–17-fevral kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan BMT global tadbirida ishtirok etish uchun birinchilardan boʻlib tashrif buyurdi.

    Samarqand aeroportida yuqori martabali mehmonni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari Obidjon Qudratov kutib oldi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun: Э.Френкель xalqaro ekologik huquq va siyosat sohasida 30-yillik tajribaga ega. U BMTning bir qancha agentliklarida, AQSH hukumatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlarida yuqori lavozimlarda ishlagan.