Pensilvaniya shtatida noma'lum shaxslar 100 ming tovuq tuxumini o'g'irlab ketishdi. Hodisa tuxum taqchilligi va parranda grippi sabab ularning narxi oshishi fonida yuz berdi, deb xabar bermoqda CNN.

Hodisa shanba kuni Grinkasl shahrida yuz berdi. O'g'irlangan mahsulotning qiymati 40 ming dollarga baholanmoqda, tuxumlar Pete & Gerry’s Organics ishlab chiqaruvchi kompaniya zavodida to'xtab turgan yuk mashinasidan o'g'irlangan. Kompaniya telekanalga voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilayotganini ma'lum qildi.

“Biz bu masalaga jiddiy yondashamiz va uni imkon qadar tezroq hal qilishga intilamiz. Tergov davom etayotgani bois, tafsilotlarga qo'shimcha izoh bera olmaymiz”, dedi kompaniya.

AQShda so'nggi oylarda tovuq tuxumining yetishmasligi kuzatildi va bu mahsulot narxi yuqoriligicha qolmoqda. Bunga 2024-yilning noyabr-dekabr oylarida 17,2 millionta tuxum qo'yuvchi tovuqlarning nobud bo'lishi sabab bo'ldi. Vaziyatning o'nglanishi uchun bir necha oy kerak bo'lishi mumkin. Yanvar oyida o'n dona tuxumning narxi 5,29 dollarni tashkil etgan bo'lsa, bir yil avval 3,50 dollar atrofida bo'lgan, ya'ni narxlar 50 foizga oshgan. Ba'zi shtatlarda do'konlar odam boshiga bir qutidan ko'p sotmaslik bo'yicha cheklovlar qo'ydi, deb xabar beradi tass.ru.