Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, transport vositasi kuzovining tagiga mato va polietilen paket oʻramiga oʻralib, oʻrami bilan taxminiy vazni 101,08 gramm “gashish” va 0,15 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi xufiyona tarzda yashirilgani fosh boʻldi.
Bundan tashqari huquqbuzar shaxs xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida choʻntagida 1 boʻlak, ogʻirligi 0,24 grammni tashkil etadigan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.