Tomonlar kompaniyaning Oʻzbekistondagi joriy faoliyati natijalari va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish rejalarini muhokama qildilar. Ichki isteʼmol uchun ham, yangi bozorlarga chiqish uchun ham mahsulotlar turlarini kengaytirishni nazarda tutgan holda yangi istiqbolli yoʻnalishlar koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.