COVID-19 dan keyin oʻpkani tiklash usullari – immunolog tavsiyasi

    Salomatlik 16 Noyabr 2020 4620

    Rossiyalik mutaxassis, allergolog-immunolog Yevgeniya Parshina COVID-19ʻdan keyin oʻpkani tiklash usullarini maʼlum qildi.

    Nafas olish gimnastikasi va maxsus mashqlar yordamida koronavirus infeksiyasidan soʻng oʻpkaning tiklanishini tezlashtirish mumkin, dedi allergolog-immunolog Yevgeniya Parshina.
    Uning soʻzlariga koʻra, mashqlarni kuniga bir necha marta bajarish kerak.

    “Nafas olish gimnastikasini oʻtirgan va yotgan holatda bajarish mumkin. Shuningdek, mashgʻulotlar tonusni saqlashga yordam beradi”, - deb tushuntirdi Parshina “Argumentы va faktы” nashriga bergan intervyusida.

    Bundan tashqari, bemorlar gelioks (yuqori haroratgacha qizdirilgan geliy-kislorod aralashmasi. - tahr.) bilan ingalyatsiya qilish mumkin, - deya xulosa qildi mutaxassis.