JSST rahbarining so'zlariga ko'ra, pandemiya ko'p jihatdan hali ham davom etyapti, chunki unga qarshi kurashish vositalaridan foydalanishda tengsizlik mavjud. Va bu ehtiyojlar uchun tashkilotga 23 milliard dollardan ortiq mablag' kerak bo'ladi.

“Biz COVID-19ga qarshi kurashish maqsadida yangi rejalarni o'z ichiga olgan byudjet haqida ma'lum qilmoqchimiz,  unga ko'ra global maqsadlarga erishish va kelgusi 12 oy ichida mamlakatlarga zarur mablag'larni taqdim etish uchun 23,4 milliard dollar kerak bo'ladi. Ushbu tashabbusni to'liq moliyalashtirish JSST strategiyasi, tayyorgarlik rejasi va javob choralarining muhim tarkibiy qismidir, bu bizning pandemiyani nazorat ostiga olish bo'yicha keng qamrovli rejamizdir”, dedi Gebreyesus.

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, o'z navbatida, Evropa Ittifoqi emlashning muhimligiga urg'u berishi va ishlab chiqarishni ko'paytirishini, shu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar bilan vaksinalarni almashishni ham unutmasligini aytdi.

“Kelgusi yilda Evropa Ittifoqida 3,5 milliard dozadan ortiq vaktsina ishlab chiqarilishi kutilmoqda va ularning aksariyati chet elga yuboriladi. Eksportdan tashqari, biz, Evropa Komissiyasi va unga a'zo davlatlar, kelgusi yilning o'rtalariga qadar 500 million dozadan ortiq vaktsinani xayriya qilamiz. Men a'zo davlatlar bundan ham ko'proq majburiyatlarni olishlarini kutaman”, dedi u.

Shunga qaramay, Evropa bo'ylab meyoriy hayotga qaytishning yagona yo'li bo'lgan emlash va sanitariya ruxsatnomalariga qarshi noroziliklar to'xtovsiz davom etmoqda.