“COVID-19”ga chalingan odam tuzli ovqatlarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

    Sevara Ubaydullayeva, koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi:

    Tuzli ovqat mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qilsa boʻladi, agarda juda ham shoʻr boʻlmasa. JSST maʼlum qilishicha, kundalik isteʼmol qilinishi kerak boʻlgan tuz miqdorini kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak deb belgilaydi. Agarda surunkali ravishda bu meʼyordan ortiqcha tuz isteʼmol qilinishi inson organizmida yurak-qon tomir kasalliklari, ayniqsa qon bosimining koʻtarilishiga taʼsir qilishi mumkin.

    Koronavirus qon bosimi yuqori boʻlgan yoki yurak qon-tomir kasalliklariga moyilligi boʻlgan shaxslarda ogʻirroq kechayotgani olimlar va shifokorlar tomonidan taʼkidlanib kelinmoqda. Shuning uchun ortiqcha isteʼmol qilingan tuz koronavirusning ogʻirroq kechishiga sabab boʻlishi mumkin.