Koronavirus infeksiyasini laborator sharoitida aniqlash narxini nodavlat tibbiyot tashkiloti mustaqil belgilaydi.
Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) nodavlat tibbiyot tashkilotining oʻzida, shu bilan birgalikda, soʻrovga koʻra, murojaat qiluvchining tashkilotida, fuqarolarning yashash manzilida hamda maxsus avtotransportlarda olinishiga ruxsat berildi.
Nodavlat tibbiyot tashkiloti hududiy sanitariya osoyishtaligi markazlariga kunlik umumiy maʼlumotlarni hamda koronavirus infeksiyasiga ijobiy natija bergan surtmalarni yetkazib beradi.
Koronavirus infeksiyasini polimer zanjirli reaksiya usulida pullik tekshirishlarni tashkil etishni xohlovchi nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlariga shartnoma tuzish uchun murojaat qilishlari mumkin.









