Ta’kidlanishicha, kasallanishning yangi alomatlari virus va yangi shtammlarning mutatsiyasi, ya’ni ular holatlarining o‘zgarishi tufayli kelib chiqadi ekan. Express nashriyotining COVID Symptom Study ilovasi tadqiqodchilari ma’lumotiga tayanib tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, ba’zi kasallanganlar gapirayotganda tovush ohangida yuz bergan o‘zgarishlardan shikoyat qilgan ekan.
Ular xirillagan tovush haqiqatdan ham koronavirusning yangi belgilaridan biri bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Bu haqda pandemiya boshlangan paytda ba֦’zi shifokorlar fikr bildirgan ekan. Masalan, tovush nafaqat xirillashi, balki g‘ijillashi yoki qo‘pol, ozroq past yoki baland chiqishi ham mumkin ekan.
Bunday o‘zgarishlarni tadqiqotchilar COVID-19ning nafas tizimi to‘qimalariga shikast yetkazishi natijasida kelib chiqishi mumkin deb tushuntirgan. Tovushda katta rol o‘ynaydigan hiqildoq ham ushbu tizim tarkibiga kiradi. Shuning uchun ular tovush o‘zgarganda koronavirusga test topshirishni tavsiya qiladilar.
Axborot tanishtirish maqsadida berilgan, va bu haqda mutaxssis/shifokor bilan malsahatlashish zarur, deb xabar beradi «Profil»