Tomonlarning diqqat markazida Oʻzbekiston Respublikasi va AQSH oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari boʻldi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikka, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga taalluqli keng koʻlamli masalalar koʻrib chiqildi.
Muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish maqsadida AQSH ishbilarmonlik missiyalarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida muhokama etilgan barcha masalalar boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilish bildirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.