Curiosity roveri Qizil sayyorada mavjud bo'lganlaridan farqli ravishda mutlaqo boshqa moddadan tashkil topgan toshni topdi.
Bu “Kakao” deb nomlangan katta meteorit. Uning tarkibiy qismi temir nikeldan iborat.
“2012-yildan buyon Marsda ish olib borayotgan Curiosity roveri bu yerda uchinchi bor meteorit topdi. Masalan, 2014-yilda Geyl kraterida temirdan iborat, diametri deyarli ikki metr bo'lgan Livan meteoritini topgandi. Ikki yil o'tgach Egg Rock meteoritini aniqladi. U ham temirdan iborat, lekin hajmi bo'yicha tennis to'pi bilan teng. Rover bu toshni Geyl krateridan deyarli olti kilometr balandlikda joylashgan Eolida tog'i hududidan topdi”, deydi astronomlar.
Ularning fikricha, bunday meteoritlar Yerga tez-tez tushadi.
Avvalroq Curiosity Qizil sayyorada qimmatbaho tosh – opalni topgan edi. AQSHning Arizona universiteti olimlari uni suvning potensial manbai deb hisoblashmoqda, deyiladi korrespondent.net saytida.