Shifokor quyidagi alomatlarni maʼlum qilgan: husnbuzar, yurak aritmiyasi, qon bosimi, koʻz yoshlanishi, charchoq, ichaklardagi ogʻriq, quruq konyuktivit, tanadagi ogʻriqlar, mushaklarning kuchsizligi, neyropatiya, autoimmun kasalliklarining kuchayishi, xirillash, allergiya.
Farmatsevt bemorni tibbiy yordamga murojaat qilayotganda oʻzidagi alomatlarni iloji boricha batafsil tavsiflashga undaydi.
“Koʻpgina shifokorlar sizdagi alomatlarning bir-biriga bogʻliqligini tushunish uchun barcha belgilarni bilishlari kerak. Bu toʻgʻri davolanishni taʼminlaydi. Siz duch kelgan barcha alomatlarni eslatib oʻtishingiz maqsadga muvofiq. Shifokor sizdagi belgilar asosida toʻgʻri tashxis qoʻyganidan soʻng, dori vositalarini tayinlashdan oldin D vitamini yetishmovchiligini qanday bartaraf etish mumkinligi toʻgʻrisida maslahat beradi”, — deya tushuntirdi Koen.
D vitamini yetishmovchiligining boshqa belgilariga qondagi qand miqdorining koʻpayishi, terida tez-tez toshmalar kuzatilishi, sochda kepakning koʻpayishi va stress xurujlari kiradi.
Koen D vitaminiga boy oziq-ovqatlarni koʻproq isteʼmol qilish, shuningdek vitamin komplekslarini qabul qilishni maslahat beradi. Undan oldin ularning tanlovini shifokor bilan muhokama qilish shartligini taʼkidlaydi.