Bojxona organlari tomonidan yurtimizga tibbiyot buyumlari hamda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kirishga boʻlgan urinishlarga oʻz vaqtida chek qoʻyilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Chortoq tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Chortoq tumani hududida fuqaro M.X. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 212 million soʻmlik
38 turdagi 84 662 dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot dori vositalari borligi aniqlandi.