Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Navoiy shahar boʻlimi tomonidan daraxt kesilishi bilan bogʻliq navbatdagi holat oʻrganildi.
Oʻrganish natijasida fuqaro S.R tomonidan “Muruvvat” mahallasi hududida oʻzboshimchalik bilan daraxt shoxlarini kesilganligi aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Daraxt kesilishi natijasida tabiatga 990 000 soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi. S.R.ga qilmishi uchun 1 mln 650 ming soʻm jarima belgilandi. Huquqbuzar yetkazilgan zarar va jarimani, jami 2 640 000 soʻm toʻlaydigan boʻldi.