Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning O'zbekiston tuman bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “Nodirabegim” nomli maktab direktorining o'rinbosari N.I. karantin davrida fuqaro D.S.ni “Ingliz tili” fanidan onlayn dars o'tganligi haqida ish haqi tabellariga yozuv kiritib berish evaziga 2,5 mln. so'mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.