Davaktiv agentligi raqamli rivojlanish darajasi boʻyicha yuqori reytingda baholandi

    Raqamlashtirish 21 Sentabr 2021 8926

    “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida hamda Vazirlar Mahkamasining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga muvofiq davlat organlarida raqamli rivojlanish darajasini 2021-yil II chorak yakunlari boʻyicha reytingli baholash amalga oshirildi.

    Reytingli baholash metodikasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalishlardan iborat:

    1. Ochiqlik va elektron ishtirok
    1. Elektron xizmatlar
    1. Axborot va kiberxavfsizlik
    1. Axborot tizimlari
    1. Tashkiliy qism

    Davlat organlarining yakuniy bahosi “yashil” – yaxshi baho, “sariq” – qoniqarli baho va “qizil” – qoniqarsiz baho bilan baholandi.

    Baholash natijalariga koʻra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “yashil” roʻyxatdan joy oldi va eng yaxshi beshtalikka kirib 2-oʻrinni egalladi.

    Taʼkidlash joizki, Agentlik “Axborot tizimlari” va “Tashkiliy qism” yoʻnalishlaridan maksimal ballarni qoʻlga kiritdi.

    Reyting baholari maxsus axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan boʻlib, baholashda jami 56 ta davlat organlari ishtirok etgan, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.