Misol uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard soʻmlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard soʻmga sotib yuborgan.
Shu bois, kecha agentlik direktori A.Ortiqov ishdan olindi.
«Haqli savol tugʻiladi. Ushbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan boʻlsa, xavfsizlik masalalari uchun masʼullar qayerga qaragan?» – dedi Prezidentimiz.
DXX raisiga “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun masʼul xodimlarining javobgarligini koʻrib chiqish topshirildi.
Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga masʼul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirildi.
«Sotilgan davlat mulklari boʻyicha har bir holatni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilsin va jazo muqarrarligini taʼminlasin», – dedi davlatimiz rahbari.