Davlat byudjetining daromadlari 2020-yilning birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi tufayli ortib boruvchi xarajatlardan orqada qoldi. Birinchi yarim yillikda Davlat byudjeti defitsiti 6 721,9 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Byudjet daromadlari 58 157,0 mlrd soʻmni, yoki tasdiqlangan yillik koʻrsatkichga nisbatan 45,3 % ni, xarajatlari esa — 64 878,9 mlrd soʻmni, yoki YAIMning 25,4 %ini tashkil etdi. Umumiy xarajatlar tarkibida eng katta ulush ijtimoiy sohaga (taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlari) toʻgʻri kelmoqda.