“Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni uch tumanda yigʻilish oʻtkazdi” sarlavhali xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur vaziyat yuzasidan Buxoro viloyati bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi vakillari maxsus tekshirish va rasmiylashtirish ishlarini olib bormoqda.
Natijasi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bayonotida.