Matbuot anjumanida 2021-yil 1-oktyabrdan hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari (Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etilishi takidlandi.
Shunga koʻra, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarida 2021-yil 1-oktyabrdan jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi.
Boʻshatilayotgan shtat birliklari hisobidan Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi.