Davlat tili to'g'risidagi Qonun mavsumiy xarakterga ega bo'lmasligi kerak

    Fikr 14 May 2020 5451

    Televideniya, radioda boshlovchilik qilayotgan suhandonlarimizning ochiqdan-ochiq shevada so'zlashishlari, ajnabiy tillardan foydalanishlari hayratimni oshiradi.

    YOshlarimiz ko'pincha taniqli suhandonlarimizdan o'rnak oladi, ularni o'zlariga qumir sifatida tanlaydilar. To'g'ri davlat tili to'g'risidagi mahsus Qonun bor. Ammo ming afsuski, mening nazarimda ushbu Qonun mavsumiy xarakterga ega bo'lib qolayotganday. O'ttiz yildan beri oktyabr` oyida ushbu sananani bayram sifatida nishonlaymiz, ammo bu e'tirof shu kunni o'zida yakunga etadi. SHu bilan tilimizni nishonlash bo'yicha tantanalar ham tugaydi. YUqoridagi holatlar hali hamon bor ekan tilimizga bo'lgan hurmat bizga har kuni o'zini eslatib turishiga ehtiyojimiz bor.

    Bundan bir asr oldin, atoqli ma'rifatparvar Abdurauf Fitrat «Ona tilimiz boy, ammo baxtsizdir» deb ta'kidlagan ekan. Demak, tilimiz baxtli bo'lishi uchun bir asrdan buyon kurashyapmiz. Prezidentimiz jamiyatda o'zbek tili himoyasi uchun qayg'uradigan ziyolilarni qo'llab-quvvatlayotgani yurtimizda 21 oktyabr` – O'zbek tili bayrami, deya e'lon qilinganida ham o'z tasdig'ini topdi. Demak tilimizni asrashga bo'lgan umidlarimiz so'nmaydi, kurashlarimiz davom etadi. endilikda bu kunni xalqimiz umumxalq bayrami sifatida nishonlaydi. Bu qaror tilimizning maqomu martabasini oshirish bo'yicha ulkan qadam bo'ldi. Uning e'zozini, mavqeini yana bir necha pog'onaga ko'tardi.

    Ayniqsa Adliya vazirligi tomonidan muhokamaga qo'yilgan birorta davlat tashkiloti ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmasa, o'sha tashkilotning mansabdor shaxsiga jarima solinishi belgilangan qonun loyihasi o'z o'rnida qilingan muhim tashabbus deb qabul qilinishi kerak.

    Nafaqat davlat tashkilotlari, balki yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar hususan, hususiy telekanallar, radio va internetdagi faol blogerlar ham – o'zbek tili me'yor qoidalariga amal qilib, uning izzat-ikromini joyiga qo'ymog'i kerak.

    Birgina assalomu alaykum deyishning ham o'z jozibasi bor. Agar u to'g'ri aytilganida tilimizning sehrini to'la to'kkis ochib berar ekan.

    Navoiy, Bobur, Mashrab, CHo'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor singari buyuk so'z ustalari ijodida o'z go'zalligi va boyligini ko'rsata olgan ona tilimizning jozibasini dunyoga tarannum etishda faol bo'lmog'imiz kerak.

    Ona tilim deb bejiz aytilmaydi. Tilimizning muqaddasligi onaga mengzaladi. Onadek muqaddas bo'lgani uchun ham uni asramog'imiz kerak. O'z tilingni e'zozlash ham vatanparvarlikning alomatidir! Ayniqsa har kuni jamoat e'tiborida bo'ladigan suhandonlarimiz, faoliyat sohasidan qat`iy nazar taniqli bo'lgan har bir shaxs ona tiliga bo'lgan hurmatini zabonida isbotlamog'i kerak. Umuman olganda har birimiz ona tilimiz e'zozini kundalik faoliyatimizga aylantirsakkina, uning mavqeini oshirishga erishamiz.

    Kamola ABDUVALIEVA,

    "Milliy tiklanish" partiyasi

    Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi