Farmoyish 2026-yilda davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyat samaradorligini oshirishni maqsad qiladi.
Asosiy yoʻnalishlar:
- xarajatlarni har chorakda qayta tahlil qilish va byudjetni “noldan” shakllantirish;
- tejamkor ishlab chiqarish va meʼyorlash tamoyillarini joriy etish.
Shuningdek, tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish ishlarini muvofiqlashtiradigan respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Komissiyaning vazifalari qatoriga korxonalarga xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha metodik yordam koʻrsatish hamda toʻlov tizimini takomillashtirib debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish kiradi.