Taʼkidlanishicha, bundan koʻzlargan maqsad davlat xaridlari tizimining samaradorligi va shaffofligini oshirishdir.
Bunda, xarid komissiyasining aʼzolari va xarid ishtirokchilari oʻrtasidagi affillanganlik xususiyatlari hamda yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi manfaatlar toʻqnashuvi holatlari elektron tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadi.
Oʻz navbatida, mazkur holatlar aniqlangan taqdirda, elektron tizim xarid komissiyasining aʼzosini ovoz berishdan va yetkazib beruvchini esa elektron savdolardan chetlashtirilish imkonini beradi.
Mazkur mexanizm elektron tanlash va tender savdolarida gʻolibni xolislik mezonlari asosida aniqlash va davlat xaridlari sohasida qonunbuzilish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun: Eng yaxshi takliflarni tanlash va tender xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari hisoblanadi. Xaridlarni tanlash va tender shaklida amalga oshirish tartiblari Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonuni bilan belgilangan.