Ularda ham jismoniy, ham yuridik shaxslarga tezkor, qulay va shaffof xizmatlar koʻrsatish uchun barcha imkoniyat yaratilgan. 2020-yilda ular tomonidan 1300 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Viloyatning olis togʻli hududlarida joylashgan Burchmulla, Yakkatut, Paltov, Yangiqoʻrgʻon kabi qishloqlarida 8 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ular tuman markazidan 60-70 chaqirim olisda joylashgan.
2020-yil oktyabr oyida Boʻstonliq tuman Burchmulla qishlogʻidagi mahalla fuqarolar yigʻini binosida tuman Davlat xizmatlari markazining “Burchmulla” filiali tashkil etildi. Oʻtgan yil soʻnggi 3 oyda mazkur filial orqali aholiga 200 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi.
— Mahallamizdagi, ayniqsa, yosh tadbirkorlar filial xodimlari xizmatidan juda mamnun, — deydi Burchmulla qishlogʻida yashovchi Zarina Toshpoʻlatova. — Yaqinda oʻzim ham davlat roʻyxatidan oʻtib, yakka turdagi tadbirkor boʻldim. Ishimni tezda hal qilib berishdi. Hujjatlarimning hammasi shu yerning oʻzida tayyor boʻldi. Mahallamizda savdo majmuasi tashkil qildim. Faoliyatimni kelgusida yana-da kengaytirib, tikuvchilik sexi, goʻzallik saloni ochish va tengdoshlarimni ish bilan taʼminlash niyatim bor. Bunda, albatta, men yana Davlat xizmatlari markazining qishlogʻimizda joylashgan filiali yordamidan foydalanaman.
Filialda haftaning har payshanba kuni jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli mobil (sayyor) davlat xizmatlari koʻrsatish bilan birga, aholiga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish yuzasidan maʼlumot va maslahatlar berish yoʻlga qoʻyilgan.
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati