Uning ochilishi marosimida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug'bek Muhammadiev, tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari mas'ullari, mehnat faxriylari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

 YAngi binoda yaratilgan sharoit bu erga keluvchilarga ham yaxshi kayfiyat ulashadi, ham sifatli xizmat ko'rsatadi. Ayniqsa, shinam zal bo'ylab o'rnatilgan belgilar, tabassum bilan kutib oluvchi maslahatchilar, ona va bola, tibbiyot xonasi, bufet, mo''jaz kutubxona, kutish, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish xonalari aholiga qo'shimcha qulaylik yartadi.

Ayni kunda tuman aholisi  135 ming nafarni tashkil etadi. 2020 yilda markaz tuman aholisiga 29 mingga yaqin davlat xizmati  ko'rsatdi. YAkka tartibdagi tadbirkor sifatida 438 ta, yuridik shaxs sifatida 269 ta yangi tadbirkorlik sub'ekti davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

— YAngi markaz binosi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan, — deydi CHinoz tuman Davlat xizmatlari markzi direktori Murodjon Ibrohimov. — Buning natijasida axborot tizimlarining idoralararo integratsiyasi yaxshilanadi, aholiga o'z vaqtida va sifatli davlat xizmatlari ko'rsatish  imkonini beradi. Ish sifatini oshirish maqsadida SHvetsiyaning “QMATIC” kompaniyasidan elektron navbat hamda xizmat ko'rsatishni baholash tizimi xarid qilindi.   

 YAngi binoda aholiga bir vaqtning o'zida 150 ga yaqin sifatli, tezkor va shaffof davlat xizmatlari ko'rsatiladi. 20 ta qabul oynasi orqali bir kunda 400ga yaqin fuqaroga xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratilgan. elektron navbat tizimi 6 ta monitorda aks etib turadi. YAqinda eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati  ham yo'lga qo'yiladi. Bunday qulayliklar aholiga yanada tez va sifatli xizmat ko'rsatishga imkon yaratadi. 

— Davlat xizmatlari soni ko'payishi va unga bo'lgan talab hamda ehtiyoj kundan-kunga ortib borgani sayin avvalgi bino torlik qilib qoldi, — deydi “Hamza” mahalla fuqarolar yig'ini raisi Abdurahim Qodirov. — Bunday noqulaylik, ayniqsa, qish ayozi, jaziram yoz kunlarida ko'p qiyinchilik tug'dirardi. YAngi binoda esa xona haroratini har qanday faslda ham mo''tadil saqlab turish mumkin. Bir kelganda shu erning o'zida barcha  ishiimzni bajarib keta olamiz. Oldingidek qiyinchilik va sarsongarchilik yo'q. Barcha to'lovlarni qabul qilish uchun kassa tashkil etilgan. Imkoniyati cheklangan shaxslarga ham sharoit yaratilgan. Bularning barchasi ishimizni yanada engillashtirishga qaratilgan.  

Markaz binosida Bosh vazir qabulxonasi, notarius va adliya bo'limlari ham o'rin olgan.

  

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo'limi