Jumladan, endilikda har qanday davlat xizmatlari – litsenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro'yxatidan o'tish va boshqalar uchun O'zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat etilganda davlat boji, yig'imlar va boshqa to'lovlar uchun to'lanadigan summaning 90 foizi undirilishi belgilandi. Bunga 2020 yil 20 maydagi O'zbekiston Respublikasi “Davlat boji to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi qonuni asos bo'la oladi.
Bu orqali o'z biznesi boshlagach bankdan hisob raqamini ochish uchun bankma-bank yurishi lozim bo'lgan tadbirkorlarimiz ortiqcha sarsongarchilikdan qutildilar.
O'z uyingiz yoki ofisingizda o'tirgan xolda internet tarmog'ida DXA orqali biznesingizni ro'yxatdan o'tkazib, shu erning o'zida istalgan bankda hisob raqam ochishingiz va bu ishlarni 10% chegirma bilan amalga oshirishingiz mumkin.