Bu borada barcha vazirliklar isloh qilinib, ularning soni 61 tadan 28 taga keltirildi, vazifa va vakolatlari aniq belgilandi.

Shuningdek, davlatning biznesni tartibga solishga qaratilgan 500 ta funksiyasi bekor qilindi. 

Yana 70 ta funksiyasi xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik va autsorsing asosida oʻtkazildi. Hozirgi kunga qadar 132 ta litsenziya va ruxsat berishga oid hujjatlar bekor qilindi, 33 tasi boʻyicha xabardor qilish tartibi kiritildi.

Investitsiya, sanoat va savdo vazirligida loyiha tashabbusidan boshlab, to uni ishga tushirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarda investorlarga “yagona darcha” orqali koʻmaklashish yoʻlga qoʻyildi.

Investorlar masalalarini tezkor hal etish, ularning davlat rahbari bilan bevosita muloqotini yoʻlga qoʻyish maqsadida Prezident huzurida Xorijiy investorlar kengashi ish boshladi.