Ma'lum bo'lishicha, dengiz mahsulotlari tarkibidagi ushbu birikma surunkali buyrak kasalligi xavfini kamaytiradi va ularning faoliyatini saqlab qoladi. Ish natijalari BMJ jurnalidagi maqolada keltirilgan.
Yangi metatahlil 2020-yilning mayigacha 12 mamlakatda o'tkazilgan. Deyarli besh ming ishtirokchini qamrab olgan 19 ta tadqiqot ma'lumotlari o'rganib chiqildi. Tadqiqotchilar omega-3 biomarkerlari darajasini o'rganib chiqdilar. Natijada olimlar dengiz mahsulotlarida mavjud bo'lgan omega-3 yog' kislotalarining yuqori darajasi surunkali buyrak kasalligi xavfini kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi.
Tadqiqotda ishtirokchilar tanasida omega-3 yog' kislotalari darajasiga qarab guruhlarga bo'lindi. Tahlillar organizmida mazkur yog' kislotasi yuqori bo'lgan odamlarda surunkali buyrak kasalligiga chalinish ehtimoli 13 foizga kamayganini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.